Polimetilmetakrilat

Polimetilmetakrilat – me- tilmetakrilatning chiziqli termopla- stik polimeri. Rangsiz, shaffof mod- da, yorug’likni 91% dan ortiq o’tkazadi. Fizikkimyoviy xossalari yuqori: oson kesiladi, elimla-nadi, kavsharlanadi. Metilmetakrilat atseton dixloretan va benzolda yaxshi eriydi. Suv, ishkrrlar, benzin va moylar ta’siriga chidamli. P. turli ini-tsiatorlar ta’sirida blok- li yoki emul-Sion usulda olinadi. P. blokli usulda monomerni mineral shi- shadan ishlangan qoliplarda 45-125° t-Rada 24-30 soat mobaynida poli- merlab hosil qilinadi. P. emulsiyali usulda me-tilmetakrilatni nikelli reaktorlarda suvli muhitda inisiator- lar (peroksidlar) va emulgatorlar ish- tirokida 75-85° da 4-6 soat mobay- nida polimerlab olinadi. P. organik shisha (MDH mamlakatlari), pleksiglas (AQSh, Germaniya, Frantsiya), perspeks (Angliya) deb yuritiladi. P. rangsiz va turli rangli, tiniq va xira, plastifi- Katlangan, plastifi-katlanmagan, yupqa taxta va bloklar holida chiqariladi. Aviasiyada, kemasozlikda, avtomobil sanoatida, tib-biyotda, q.x.da va b.da qo’llanadi. Dis-persiyali va suvli erit- malari yorug’lik nuriga chidamli, hidsiz lok-bo’yoq qoplamalar va elimlar tayyor- lashda ishlatiladi.