Polimorfizm
Polimorfizm (poli… va Yun. morphe — shakl) — ba’zi moddalarning turli kristall strukturali holatlarda bo’lish xossasi. Shu xrlatlarning har biri polimorf modifikasiya deyiladi. Har bir modifikasiya tuzilishi va Fi- zik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular a, r, u va b. yunon harflari b-n belgilanadi. P. 1798 y.da kashf qilingan. Oddiy moddalar, shuningdek, organik va anorganik birikmalar P. xusu-siyati- ga ega. Mas, uglerod (S) tashki ko’rinishi va fizik xossalariga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladigan kubik (olmos) va geksagonal (grafit) modifikasiyalarga ega. Kimyoviy ele-mentning tuzilishi va xossalari turlicha bo’lgan ikki yoki un- dan ortiq oddiy modda holida mavjud bo’la olishi allotropiya deyiladi. Har bir polimorf modifikasiya ma’- lum t-ra va bosimda turg’un bo’ladi. Mod- da beqaror, metastabil (tormozlangan, toblangan, o’ta sovitilgan) holatda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Pekin modda to ma’lum omil ta’sir ettirilguncha (muay- Yan t-ra va bosim soxalari chegarasida) bu holatda bo’la oladi. Ikki modifikasiya- ning turg’un sohasi umumiy chegaraga ega bo’lsa, beqaror xrlatdan turg’un holatga o’tish qaytar (enantiotrop) almashinish, umumiy chegaraga ega bo’lmasa, qaytmas (monotrop) almashinish bo’ladi. Mac, rombik tizimda kristallanadigan Arago- nit (SaSO3) qizdirilsa, trigo-nalsin- goniyada kristallangan kaltsit (SaSO3) ga aylanadi. Pekin kaltsitni qizdirish yo’li b-n aragonitga aylantirish mumkin emas. P. hodisasini o’rganish er osti boy- liklarini izlab topishga va ularning paydo bo’lish xususiyatlarini to’g’ri ani- klashga imkon beradi.