Polineziya

Polineziya (yunoncha poli – ko`p, nesos – orol) – Okeaniyadagi orollar. Tinch okeanning markaziy qismida, 23°30′ sh. k. bilan 28° j. k. hamda 176° shq.u. bilan 109°20′ g`.u. oraligida. Polineziya tarkibiga Tonga orollari, Gavayi orollari, Kuk arxipelagi, Samoa orollari, Pasxa oroli va boshqalar kiradi.