Poliomielit
Poliomielit (Yun. polios — kul-rang va myelos — orqa miya) — o’tkir yuqumli kasallik. Bunda Markaziy nerv sistemasi zararlanadi. Falaj b-n yoki falajsiz kechadi. P. kadimdan ma’lum bo’lib, ayniqsa, bolalar o’rtasida keng tarqalgan. P. oqibatida minglab bolalar falaj bo’lib qolar edi. Virusni sun’iy ko’paytirish usuli- ning kashf etilishi, P.ga qarshi vaktsina yaratilishi va bolalarni yoppa-siga em- lash amalga oshirilishi tufayli kasal- lik tez kamaydi. Kasallikni qo’zg’atuvchi viruslar suvda uzok, vaqt saqlanadi, qaynatilganda, kaliy permanganat va vodorod peroksid ta’sirida halok bo’ladi. Kasallik bemor b-n yoki kasal- lik qo’zg’atuvchisini tashib yuruvchilar b-n muloqotda bo’lganda yuqadi. Virus havo-tomchi yo’llari orqali (aksirgan- da, yo’talganda), shuningdek, ifloslan- gan sabzavot, meva, qaynatilmagan suv, sutni iste’mol qilganda organizmga o’tadi. Yoz va kuz oylarida P. ko’proq uch- raydi. Kasallik o’tkir boshlanadi: be- Morning t-rasi 38-39° gacha ko’tariladi, yo’tal, aksirish, tomoq og’rishi, qorinda og’riq paydo bo’lishi va ich ketishi kuza- tiladi. Bu belgilar 4-5 kundan keyin o’tib ketadi, bir haftadan so’ng t-ra yana ko’tariladi va turli muskullar, ayniqsa, oyoq va qo’llar falaji avj oladi. Falajsiz P. yuqori nafas yo’llarining o’tkir Katari sifatida (q. O’tkir respirator kasalliklar) yoki me’da-ichak faoliyatining buzilishi ko’rinishida kechadi. Bemor kasalxonada davolanadi. Falaj b-n kechadigan P.da za- rarlangan qo’l va oyoqning harakatlanishi buziladi, kasal qo’l yoki oyoq sog’lom oyoq- qo’lga qaraganda o’sishdan orqada qoladi. Shu sababli kompleks davolashda massaj, davo fizkulturasi, oyoq va qo’llar uchun maxsus ortopedik apparatlar, tana va bo’yinga korset ta-qish tavsiya etiladi. Keyinchalik sana-toriykurortda davola- nish kerak. Falaj b-n kechadigan P. uzoq va to’g’ri davolanganda oyoq va qo’llarning izdan chiqqan funktsiyalari tiklanishi mumkin. P.ning oldini olish uchun suyuq holdagi va konfet (antipoliodraje) sha- klidagi tirik P. vaktsinasi b-n emlana- Di.