Polisintetik tillar
Polisintetik tillar – sin- tetik tillarnnnt turi. Bunday tillarda barcha grammatik ma’nolar, odatda, mor- femalari davomli ketma-ket joylashgan so’z tarkibida beriladi. P.t., asosan, ergativ qurilishga (gapda ish-harakat bajaruvchisi hamda ob’ektning aloqida maxsus kelishikda bo’lishidan iborat sintaktik tuzilma) ega bo’lgan chukcha- Kamchatka, eskimosaleut, abxaz-adigey tillari, shuningdek, shim. va Markaziy Amerikadagi ko’plab indeys tillari- dir. Affikslarning eng ko’p mikdordagi tizmasi (shaxs, son, zamon, mayl, harakat usuli va b.ni ifodalovchi qo’shimchalar) fe’l so’z shakllarida uchraydi. Fe’l so’z shakli P.t.da, odatda, to’liq gap maz- munini anglatadi. Mas, chukcha tilida “mitvinni-ekvetirkin” fe’l so’z shak- li “biz to’rlarni qo’riklayapmiz” degan ma’noni bildiradi.