Polisomalar
Polisomalar (poli… va Yun. soma — tana), poliribosomalar — oqsil sintezining translyasiya bos-qichida in- formasion RNK (iRNK) molekulasida ketma-ket joylashib olgan ribosomalr majmui. P.dagi xar bir ribosoma bit- ta oqsil molekulasini sintezlaydi. Shuning uchun P. soni xujayrada oqsil biosintezi jadalligining ko’rsatkichi hisoblanadi. P. en-doplazmatik to’r naychalari membranalari b-n bog’langan bo’lishi (bog’langan ribosomalar) yoki gialoplazmada erkin joylashishi (er- kin ribosomalar) mumkin. Bog’langan ribosomalarda hujayradan tashqariga chiqariladigan oqsillar, erkin riboso- malarda esa hujayraning o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan oqsillar sintezla- nadi. Oqsil sintezi tugallanga-nidan keyin P. iRNK molekulasidan ajralib, tsitoplazmaga tushadi (yana q. Ribosoma- lar, biosintez).