Polk
Polk (qad. slavyancha p’lk — qo’shin) — barcha qurolli kuchlarning har xil qo’shin turlari va maxsus qo’shinlaridagi harbiy qism. P.ning o’qchi, piyoda askar- lar, otliq askarlar, tank, artilleriya, aviasiya, raketa va b. turlari bo’ladi. Har bir P.da mustaqil shtab, bir qancha bata- lon (divizion, eskadrilya, rota), ta’- minot bo’linmalari va ichki bo’linmalar mavjud. P., odatda, qo’shilmalar (divi- ziya, brigada) tarkibiga kiradi. P. sha- klidagi harbiy birlik, dastlab 10-a. lardayoq vujudga kelib, turli armiyalar- da har xil nomlar b-n atalgan. P. tuzi- lish jihatdan o’zgarib turgan. l-jahon urushida piyoda askarlar P. i 3— 4 bata- lon (har bir batalonda 3-4 ro-ta)dan iborat bo’lgan. 2-jahon urushi arafa- sida tank, motorlashtirilgan aviasiya, havo desanti va b. P.lar yuzaga kelgan. Piyoda askarlar P.lariga esa artille- riya, minomyot, tank, Zenit pule-myotlari bo’linmalari va b. kiritilgan. Hoz. bir qancha armiyalarda (AQSh va b. mamla- katlarda) P. o’rnida jangovar gu-ruxlar mavjud.