Poloniy

Poloniy (Polonium), Po — mende- leev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, at.m. 208,9824. P. radioaktiv ele- mentlar emirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil bo’ladi. Uning massa son- lari 194 dan 218 gacha bo’lgan 25 ta izoto- pi va yadro izomerlari ma’lum. Eng uzok, mavjud bo’luvchi izotopi 209ro(T|/2=103 y.), sun’iy yo’l b-n olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv element- lar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|ro— RaF b-n, 2||ro— ass b-n, 2l2Po-ThC b-n, 2l4Po-RaC b-n, 215ro—asa b-n, 216ro— ThA b-n va 2l8Po—RaA b-n belgilanadi. P.ning 210ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega. P. (2|0Ro) ilk bor 1898 y.da M. SK- lo-dovskaya-Kyuri va P. Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifa- tida kashf etilgan va M. Sklo-dovskaya- Kyuri vatani — Polsha (lot. Polonia) sharafiga P. deb atalgan. P. — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossala- ri jihatidan vismut va qo’rg’oshinni es- latadi. Suyuklanish t-rasi 254°, qaynash t-rasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radi- usi 1,7 A . Er pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi. P. birikmalarda -2, +2, +4, +6 va- lentli. Uning oksidi, xloridlari, sul- Fati va kompleks birikmalari ma’lum. P. uran rudasini qayta ishlashda hosil bo’ladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida P. bo’ladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yo’li b-n ham olinadi. P.ning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning beril- liy b-n aralashmasi turli materiallar- ni analiz qilishda neytronlarning man- Bai bo’lib xizmat qiladi.