POLVONQORI MADRASASI
POLVONQORI MADRASASI – Xivadagi me’moriy yodgorlik. Xivalik savdogar Polvonqori qurdirgan (1905). P.m. shaharning Jan.-Sharqiy qismida joylashgan. Madrasa bosh tarzi shim. ga qaragan. Burchaklariga guldasta ishlan- gan. Bosh tarzida darsxona va mas-jid, o’rtada gumbazli miyonsaroy bor. Miyon- saroy orqali hovliga o’tiladi. Hovli atrofini balxi gumbazli huj-ralar egallagan. Peshtog’i ko’k rangli “ban- tak” uslubida bezatilgan, yuqorisi ikki qatorli sharafa b-n yakunlangan.Guldasta qubbalari moviy rangda. Madrasa oldi- da alohida minora qad ko’targan. Unda g’ishtlardan bezakli belbog’lar hosil qilinib yuqorisi qub-bali qilib yakun- langan.