POLVONTOSH NEFT-GAZ KONI

POLVONTOSH NEFT-GAZ KONI – Andijon viloyatidagi kon. Polvontosh antiklinal burmasida joylashgan. Raz- vedka-parmalash ishlari 1942 y. boshlan- gan. Polvontosh burmasi Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa yo’nalgan bo’lib, paleogen yotqiziqlari bo’yicha uz. 5 km, eni 1,1 km. Shim.-garbiy qanoti 20— 25°, Jan.- Sharqiy qanoti 50-70° en-kaygan. Bur- mani kesib o’tgan tektonik siniklar uni bir necha qismlarga AJ-ratib turadi. Kon yura, paleogen, neogen davrlariga mansub jinslardan tu-zilgan. Yura yotqiziklari konglomerat, qumtosh va gillaodan tar- kib topgan. Qalinligi 160-215 m. Bo’r yotqiziqlari quyi va yuqori bo’limlardan iborat. Quyi bo’r yotqiziqlarida to’q yashil, qo’ng’irsimon-qizil har xil do- nali qumtosh va gillar bor. Qalinligi 330— 410 m. Yuqori bo’r yotqiziklari qizg’ish gil, qumtosh, ohaktosh va dolo- mitdan tashkil topgan. Qalinligi 720— 850 m. Paleogen yotqiziqlarining quyi kis-mi oq gipsdan, yashilkulrang qumtosh hamda kulrang ohaktoshdan tuzilgan; o’rta qismi — yashil, qizil gil va och kul- rang ohaktoshlar, ustini qizil rang gil qoplagan. Paleogen yotqiziklarining umumiy qalinligi 635-715 m. Neogen yotqiziqlari qizg’ish jigarrang qumli gillardan, och pushti, och qo’ng’ir gillar- dan iborat. Umumiy qalinligi 520-650 m. Yura, bur, neogen qatlamlarida neft va gaz bor. P.n.-g.k. neftining zichligi 834-874 kg/m3, tarkibidagi oltingugurt 0,15— 0,32%, parafin 5,7—7,4%. Gaz tarki- bida 78,3—79,30% metan, 0,02% oltin- gugurt, 0,15—0,43% karbon kislota, 7,1 — 13,2% azot gazlari bor.