Polyaklar
Polyaklar — xalq, Polshaning asosiy aholisi (37,75 mln. Kishidan or-tiq). Umumiy soni 44,2 mln. Kishi (1990-y.lar o’rtalari), jumladan, RFda 94,6 ming kishi, Ukrainada 219,2 ming kishi, Litvada 258 ming kishi, Belorus- siyada 417,7 ming kishi. Polyak tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, Kato- liklar. Polyak elatining shakllanishi- da xalqlarning buyuk ko’chishidai so’ng Polsha hududida qolgan g’arbiy slavyan qabilalari muhim rol o’ynagan. Polsha davlati barpo i etilgan davrda polyak ela- ti ham shakllangan (10-11-a.lar). Uning etnik asosini polyanlar, slenzanlar, vislyanlar, mazovshanlar, pomorliklar tashkil qilgan. Ko’p millatli Rech Po- spolita davlati (1565 y. tashkil topgan) doirasida polyak millati uyushuvi jarayo- ni sodir bo’lgan. P.ning yar-midan ortig’i shaharlarda yashaydi va ko’p tarmokli sa – noat va xizmat ko’rsatish sohasida band. Q.x.ning asosiy tarmog’i — g’allachilik.