Pomir
Pomir — O’rta Osiyodagi yirik tog’li o’lka. Asosan, Tojikiston (Tog’li Badaxshon Muxtor viloyati) hududida, Jan.dagi kichik qismi (Vahon tizma- sining Sharqiy qismi) Afg’oniston hududida, Sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan. P.ning shim. chegarasi orqa olay tizmasining shim. etagidan, Jan.dagi- si Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqo’rg’on daryosining boshla- nish qismidan o’tadi. Sharqda Pomirga Sariqo’l tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar tog’lari kiradi. Qashqar tog’larining eng baland cho’qqilari — Qo’ng’ir (7579 m), Muztog’ota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). G’arbda P.ning che- garasi Panj daryosi, shim.- g’arbida P.ga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. P. kenglik bo’ylab taxm. 300 km ga yaqin, me- ridian bo’ylab 250 km ga cho’zilgan. Relefi. P. deyarli kenglik va meri- Dian bo’ylab cho’zilgan ko’plab tizmalar- dan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi. P.ning Shimoliy qismidagi orqa Olay tizmasi kenglik bo’ylab, g’arbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qo’shilish qismidan sharqqa, Otchaylo cho’qqisigacha cho’zilgan. O’rtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining Sharqiy qismida Qizilart dovoni (bal. 4280 m) joylashgan, undan O’sh—Xorug’avtomobil yo’li o’tadi. Orqa olay tizmasidan Jan.da P. orografik jihatdan ikki qismga: g’ar- biy P. va Sharqiy P.ga bo’linadi. G’ar- biy P. bir qancha kenglik va Jan.-g’arbga cho’zilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega bo’lgan daryolar b-n ajralgan, Alp tipli re- lefga ega bo’lgan tizmalardan ibo- rat. Tizmalar yon bag’irlarida (asosan, 4000-4600 m balandliklarda) tekislan- gan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. G’arbiy P.ning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-g’arbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tiz- malari sharkda kenglik bo’ylab cho’zilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi b-n tuta- shadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda bal. 7495 m li Somoniyon cho’qqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan Jan.da Yazg’ulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shug’non (5704 m), Shoxdara (6726 m), G’arbiy P.ning Jan.-g’arbiy qismida deyarli meridian bo’ylab cho’zilgan ish- koshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining o’ng irmoqlari o’zanidan) 2000-3500 m. G’arbiy P. tizmalari yon bag’irlarining nisbiy balandligi, ti- kligi, nurash jarayonlarining kuchli- ligi va kuchli zilzilalarning tez-tez bo’lib turganligi natijasida ko’plab surilmalar va qulashlar sodir bo’lishiga olib kelgan. 1911 y.da tog’qulashi nati- jasida Sarez ko’li hosil bo’lgan. Sharqiy P. er yuzasining tuzilishi G’arbiy P.nikidan farqqiladi. P.ning bu qismida tog’tizmalari yassi tekis- lik ko’rinishdagi keng vodiylar va bal. 3500-4500 m li botiqlar (Rangko’l, Sho’rko’l, Qorako’l va b.) orqali bir- biridan ajralgan. Botiqlar va dare vo- diylari tizmalarning nurashi natija- sida hosil bo’lgan chag’ir tosh, xarsang tosh, shag’allar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar b-n to’lgan. Shar-qiy P.da yillik yog’in mikdori kam bo’lganligi sababli, erozion emirilish kuchli emas. P.ning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil bo’lgan. Sharqiy P.da Muzqo’l (6233 m), shim. Alichur (5929 m), Jan. Alichur (5706 m) va b. tizmalar deyarli kenglik bo’ylab cho’zilgan, ularning nis- biy bal. 1200-1800 m. Geologik tuzilishi. P. tog’lari Alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ular- ning shim. qismi (orka olay tizmasining shim. yon bag’ri) yuqori Perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli sla- nes, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil top- gan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura bo’lib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi bo’r) davri cho’kin-Di, metamorfl”ashgan,cho’kindi- vulkanogen tog’jinslari b-n to’lgan. Jan. Pomir antiklinal struktura bo’lib, juda qad. (arxey, proterozoy) tog’ jinslaridan (slanes, gneys, marmar va b.) tashkil topgan. Bu antiklinal bay- kal burmalanishidan keyin shakllangan, Alp burmalanish davri int-ruzivlari b-n o’zgartirilgan. Intru-zivlar P.ning Jan.-g’arbiy qismida er yuzasiga chiqib qolgan. P. yangi tektonik qarakatlar natija- sida gumbazsimon shaklda 6000— 7000 m ga ko’tarilgan. P. oldi botig’ining g’arbiy qismi esa bu harakatlar natija- sida cho’kkan. Neogen vato’rtlamchi dav- rlarda P.ning ko’tarilishi tsiklli Xu- susiyatga ega bo’lib, unda, qad. Muzliklar hosil bo’lishi, zilzilalarning tez-tez bo’lib turishiga olib kelgan. Foydali qazilmalari. P.ning foy- Dali qazilmalari, asosan, kaynozoyning magmatizm va metamorfizm ja-rayonlari b-n bog’liq. Foydali kazilmalardan tog’ billuri, Nodir metallar, simob, bor, flyuorit, Island shpati, lazurit, sochma oltin, boksit, kumir, tuz, mineral va termal suvlar, qurilish materiallari topilgan. Iqlimi. P. subtropik iqlim mintaqasida joylashgan bo’lishiga qaramasdan, iqlimi uning dengiz sathidan balandligi, relefi, kirib kelayotgan havo massalarining bir xil taqsimlanmaganligi b-n bog’liq. Uning iqlimi, ayniqsa, Sharqiy qismida, qurg’oqchil, quyosh radiasiyasi kuchli, t-ralar amplitudasi sutka va fasllar davomida katta. P.ning shim.-g’arbiy qismida joylashgan tizmalar (Pyotr I, Fanlar Akademiyasi) g’arbdan kelayotgan nam havo massalarini to’sib qoladi. P.da balandlik iqlim mintaqalari tashkil topgan. G’arbiy P.ning baland qismlarida yillik t-ra 0° ga yaqin, hatto ba’zi bir qismlarida manfiy, Daryo vo- diylarida 15°. Dengiz sathidan 2100 m balandlikda yanv.ning o’rtacha t-rasi — 7,4°. Iyulniki Xorug’sh.da 22°, eng yuqori t-ra 40°. Dengiz sathidan 4200 m baland- likda joylashgan Fedchenko muzligida eng past t-ra -31,4°. Iyulning o’rtacha t-rasi 3,9°, eng yuqori t-ra 15,5°. Sharqiy P.ning iqlimi G’arbiy P.nikidan ancha farq qiladi. Yilning o’rtacha t-rasi uning hamma qismida manfiydir. Qish uzoqdavom etadi, qor qoplami yupqa, kuchli shamollar bo’lib turadi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 3000 m balandlikda -17,8°, eng past t-ra -50° ga yaqin. Yozi qisqa, yoz kechalari t-ra ko’pincha 0° dan pastga tushadi. Iyulning o’rtacha t-rasi 15°dan oshmaydi. Sharqiy P. balandtog’cho’lining tipik namu-na- si hisoblanadi. P. hududiga g’arbdan nam havo massalari kirib kelganligi sababli, uning g’arbiy va shim.- g’arbiy qismlarida eg’in ko’p, Sharqiy qismida esa kam. Fedchenko muzligi joylashgan hududda (4000— 5000 m) Fanlar aka- demiyasi va unga yondosh tizmalarning g’arbdan kelayotgan nam havo massala- rini to’sib qolishi oqibatida yillik yog’in 2230-2500 mm dan oshmaydi, un- dan sharqroqsa joylashgan hududlarda yog’in juda kam (63-73 mm), faqat baland mintaqalarda 1000 mm ga etadi. Daryo va ko’llari. Daryolari, aso- san, Amudaryo, Sharqiy P.ning Sharqiy qismidan boshlanuvchi ba’zi daryolar Yorkend va Qashqar daryolari havzalariga kiradi. Eng yirik daryosi — Panj. Panjning o’ng irmoqlari: G’unt, Shox- dara, Bartang, Yazg’ulom, Vanj va b. Shim.- g’arbiy P.dan Vaxsh havzasiga qarashli Obixingov va Muksuv daryolarining yuqori oqimi o’tadi. Bir necha daryolar P.ning ichki havzasiga (qora-jilg’a, Muzko’l) va Tarim havzasiga (Markansuv) mansub. P.da kelib chiqishi har xil (tekto- nik, to’g’on, muz) ko’llar mavjud. Bulardan yiriklari: Qorako’l, Sarko’l, Rangko’l, Sho’rko’l, Zo’rko’l, Yashilko’l, Sarez, Sha- DAX va b. Muzliklari. P. hozirgi zamon muz- liklari keng tarqalgan hudud hisobla- nadi. Ularning soni 7100 dan ziyod, may-doni esa 8400 km2 bo’lib, P.ning 11% hududini egallagan. P.da bir necha yirik muzlik markazlari bo’lib, ular Fanlar Akademiyasi, Orqa Olay, Rushon, Shim. Alichur, Yazg’ulom, Pyotr I, Darvoz, Zulumart tizmalarida joylashgan. P.da qor chegarasi shim.-g’arbda 4400 m dan, Jan.-Sharqda 5200-5250 m dan o’tadi. G’ar-biy P.da vodiy muzliklari keng tarqalgan. Yirik vodiy muzliklari: Fedchenko (uz. 77,4 km, mayd. 907 km2, Fanlar Akademiyasi tizmasida), shim.- g’arbiy P.da — Grumm-Grjimaylo (37 km, 143 km2), Yazg’ulom tizmasida — Fortam- bek (19 km, 74,5 km2), orqa olay tizma- sida — Geografiya jamiyati (24 km, 64,4 km2), Nura (13,9 km, 84,5 km2). Fanlar Akademiyasi tizmasi va blarda muzli- klarning qalinligi 1000 m ga etadi (Fedchenko muzligi). P.da vaktvaqgi b-n juda tez harakat kdluvchi (bir sutkada 100 m gacha) muzliklar (Mae. Ayiq muz- ligi) Vanj daryosining yuqori oqimida mavjud. Sharqiy P.da muzlik kam, ular- ning uzunligi, maydoni katta emas. P.da muzliklarning bir necha turi (vodiy, da- raxtsimon, Turkiston, osilgan, yon bag’ir, tekis suvayirgich, Karr, tsirk) tarkib topgan. To’rtlamchi davrda P. bir necha marta muzlik b-n krplangan. Tuproq-o’simlik qoplami. P.da ba- landlik tuproq-o’simlik mintaqalari shakllangan. Balandlik mintaqalari G’arbiy va Sharqiy P.da turlicha. G’arbiy P.da daraxt o’simliklari kam. Toshloq yon bagirlarda va morena tepaliklarida siy- rak archa butazorlari uchraydi. Daryo qay- irlarida terak, oq qayin, tol, na’ma-tak singari daraxt va butalar usadi. Daryo vo- diylari cho’l, asosan, shuvoq o’simliklari b-n qoplangan. Yon bag’irlarda siy-rak chala-cho’l tog’li kserofit va tog’dasht o’simliklari tarqalgan. G’arbiy P.ning shim. qismidagi balandtog’mintaqasi tog’ o’tlokdari va o’tloq-dasht o’simliklari b-n band. Bu erlarda asosan, to’ng’izsirt hukmronlik qiladi, Jan.roqda esa kri- ofil (sovuqqa chidamli) past bo’yli va chala butalar, ba’zi joylarda Alp past bo’yli o’simliklar o’sadi. P.ning shim.-g’arbida 1100 m dan 2400-2800 m gacha bo’lgan balandli- klar oralig’ida, tog’-o’rmon jigarrang tuproqlarda zarang va yong’oqzorlar uch- raydi. Jan. yon bag’irlarida archazor, bo- dom-zorlar, olma, shuningdek, butalar, me-zofil boshokdoshlar va b. o’simliklar o’sadi. Subalp mintaqasida (2800 m dan 3000-3200 m gacha) tog’-o’tloq, kulrang, jigarrang va qoramtir tuproqlarda bo-Shokli o’tlokdar tarqalgan. Sharqiy P. iqlimining kontinentallashganli- gi sababli, tuproq va o’simlik qoplami shunga Moe ravishda o’zgaradi. Bu joy- larda balandtog’cho’li va balandtog’ Toshloq landshaftlari hukmron, daraxt o’simliklari yo’q. 3500-4200 m ba- landliklarda teresken, namgarchilik ko’proqjoylarda shuvoqli cho’llar va siy- rak o’tli baland-tog’-dasht landshaftlari- da betaga, chalov va b. o’simliklar o’sadi. Toshloq joylarda yostiqsimon kserofit- lar tarqalgan. Yuqoriroqda kriofil past bo’yli yostiqsimon o’simliklardan ostrolobki, akan-tolimona va b.lar o’sadi. Sharqiy P.da balandcho’l sarg’ish tuproklar tarqalgan. Bu tuproklar ora- sida kam chirindili (0,6%) cho’l-taqir tuproklar uchraydi. Bulardan tashqari, sho’rxoklar hamda ske-letli tuproklar ham bor. Namgarchilik mo’lroq joy- larda boshokli o’simliklar va shuvo- klar ostida chirindiga boyroq (1-2%) balandtog’cho’l-dasht qo’ng’ir tuproklar tarqalgan. G’arbiy P.dagi sug’oriladigan erlarda tok, o’rik, olma, nok, yong’oq, tut o’stiriladi. Hayvonot dunyosi. P., ayniqsa, shar- qiy P. nisbatan hayvonot olamiga boy emas. G’arbiy P.da qobon, o’rmon Sonya-si, o’rmon sichqoni, suvsar, silovsin, cho’l sichqonlari, jayra, tog’echkisi, O’rta Osiyo tog’tulkisi, ayiq, Tibet bo’risi, chiyabo’ri va b. hayvonlar, shar-qiy P.da esa arxar, uzun dumli sug’ur, qizil pishchuxa, po- Mir quyoni va b.lar yashaydi. Qushlardan Tibet ulari, Tibet suvbuldurug’i, Tibet qarg’asi, qor grifi, tog’yoki hind G’ozi, da- ralarda kakliklar va kaptarlar uchraydi. Sud-ralib yuruvchilardan ko’lbor ilon va kaltakesaklar yashaydi. P. qazilma boyliklardan tashqari, gidroenergiya va yaylov resurslariga boy. G’arbiy P.da dengiz sathidan 3500 m ba- landliklargacha arpa ekiladi. P.da al- pinizm rivojlangan. P. xo’jaligi haqida tog’li Badaxshon Muxtor viloyati maqolasiga q. Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., O’rta Osiyo tabiiy geografiya- si, T., 2002; Gvozdeskiy N.A., Pamir, M., 1968; Zabirov R.D., Oledenenie Pamira, M., 1955. Murod Mamatqulov.