Pomologiya
Pomologiya (lot. pomum — meva va …logiya), Navshunoslik — mevali va rezavor o’simliklar navlari to’g’ri- sidagi fan. Mevali va rezavor mevali o’simliklarni ilmiy r-nlashtirish, bog’larning nav tarkibini va ayrim na – vlarni muttasil yaxshilash va ulardan bog’dorchilikaa samarali foydalanish masalalarini o’rganadi. P. fan sifatida 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida shakllan- gan. Ilmiy P. rivojlanishiga Ame-Rika- lik mashhur selektsioner-o’simlikshunos olim Lyuter Berbank (1849— 1926), I.V.Michurinnpng amaliy ishlari va asarlari hal qiluvchi ta’sir ko’rsatdi. Ukrain pomolog olimi L.M.Simi-renko P.ning asosiy mazmunini ifo-dalab berdi. Uning mevali va rezavor mevali ekinlar navshunosligi, nav sinovi va r-nlashtirish masalalari bo’yicha asarla- ri muhim ahamiyatga ega. P. mevali va rezavor mevali ekinlar selektsiyasining tarkibiy qismi-dir. Ba’zan P.ga mevali o’simliklarni bota- nik uslubiyatlar (u.P.Xendrik, K.Kox) b-n o’rganuvchi botanika fanining bir qismi sifatida karaladi. G’arbiy Evro- pada uning tavsifiy yo’nalishi (A.Dil, E.Lukas, A.Lerua) ham mavjud. Hozirgi davrda P.da navlarni hududlar bo’yicha ishlab chikarish- biologik urganish (ilmiy muassasa- larning Pomologiya bog’larida navni dastlabki o’rganish, davlat nav sinash uchastkalarida eng istiqbolli navlar- ning davlat nav si novi, bog’dorchilik xo’jaliklarida dastlabki nav sinovi va davlat sinovidan o’tgan is-tiqbolli navlarning i ShL AB chiqarish nav sinov- lari yo’nalishlarida), navlar Agrotex- nikasi, navlarni i.ch. vositasi tarzida har tomonlama tavsiflash masalalariga alohida e’tibor beriladi (yana q. Nav, Navni raionlashtirish). O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston P.si ham boy tarixga ega. Olma, nok, urik, shaftoli, olxo’ri, uzum, anor, an- jir, gilos, yong’oq, bodomning mahalliy navlari hamda ularning tavsi-Fi haqida 10-a.ga oid manbalarda, shu- ningdek, “Boburnoma”da ma’lumotlar bor. 20-a. boshlarida O’zbekistonda P.ni rivojlantirishda P.P.Shreder, N.N.Shavrov, keyinchalik, K.F.Kostina, I.N.Ryabov, V.V.Kuznesov, K.V.Vasilev, A.S.Cherevatenko, A.G.Shreder, A.R.Shreder, S.I.Yagudina, S.Q.Shari- pov, S.S.Kalmikov va b. hissa qo’shgan. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tida har bir meva turlari bo’yicha kollek-tsiyalar va P. bog’lari barpo etilgan, in-t tomo- nidan O’zbekiston P.siga bag’ishlangan to’plamlar nashr qilingan. Ad.: Simirenko L.P., Pomologiya, t. 1-3, Kiev, 1972-73; sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodnix Kultur i yagod. T., 1968; Ribakov A.A., Ostrouxo- va S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983. Sulton Xolnazarov.