Ponsad
Ponsad-O’rta Osiyo xonliklarida qo’llanilgan harbiy unvon. Ponsad 500 kishidan iborat otryadga qo’mondonlik qilgan. Qo’qon xonligida mavjud bo’lgan mansablar ichida 16-o’rinda, harbiy unvonlar orasida esa mingboshidan keyingi o’rinda turgan. Ponsad odatda, xon va bek tomonidan tayinlanib, ba’zi soliqlardan qisman yoki butunlay ozod qilingan hamda unga har yili ikki marta ma’lum miqdorda g’alla, pul va sarpolar berilgan.