Port

Port (lotincha portus – qo`ltiq) – okean, dengiz, ko`l yoki daryo qirrog`idagi punkt (joy) hamda yon-veridagi akvatoriya (suv) ning bir qismi. Port to`lqinlardan to`silgan bo`lib, kemalar turishi va yuk ortish, yuk tushirish ishlari uchun moslab jihozlangan bo`ladi. Turli omborlar hamda passajirlarga xizmat qiladigan vokzallar, kemalarni remont qiladigan va ularni yoqilg`i, suv, oziq-ovqat bilan ta’minlab turadigan korxonalar ham port tarkibiga kiradi. Port– dengiz, ko`l yoki daryo qirg`oqlarida kemalar turadigan qulay joy.