Portlandtsement
Portlandtsement (ing. Portland -Buyuk Britaniyadagi yarim Orol nomidan) — suvga chidamli bog’lovchi mod-da; qurilish materiali. Tarkibi asosan kaltsiy silikatlardan iborat. Tsementnint eng keng tarkalgan turi. Klinker va gips (3-7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga ma’lum mikdorda (10-15%) faol mine- ral qo’shimchalar aralashtirilishi mum- kin. Tarkibi, xossalari va qo’llanish sohalariga ko’ra, P. oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bar-doshli, oq rang- li, asbest-tsement mah-sulotlari i. ch.da ishlatiladigan va b.ga bo’linadi. P.ning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning kanchalik mayin tuy- ilganligiga boglik. Uning eng muhim xossasi suv b-n ta’sirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka b-n belgilanadi, O’zbekistonda ishlab chika- riladigan P.ning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori bo’lsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).