Portugaliya

Portugaliya (Portugal), Portuga- liya Respublikasi (Republica Portuguese) — Evropaning Jan. -g’arbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra ar- xipelagini o’z ichiga oladi. Mayd. 92,3 ming km2. Axrlisi 10 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lissabon sh. Ma’muriy jihatdan 2 Muxtor viloyat, 22 okrug (distrito) ra bo’lingan, shundan 18 tasi Mate- rikda joylashgan bo’lib, 11 tarixiy VI- loyatga Birlashgan. Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1976 y. 25 apr. da kuchga kirgan, unga 1982 va 1989 y.larda o’zgartirishlar kiritilgan. Dav- lat boshlig’i — prezident (1996 y.dan Jorje Sampayyu), u umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y.ga va kupi b-n ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respubli- ka Majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Atlantika okeani sohillari paettekislik, qumli, kam parchalangan. Shim.da Meseta yassi tog’ligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela tog’i — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). G’arbida tog’lar dengiz bo’yi past- tekisligiga tik tushadi. Teju daryosi Jan.da Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka Jan.ni Ser-ra-daalgarvi past tog’lari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qo’rg’oshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtro- pik. O’rta dengizga xos. Yanv.ning o’rtacha t-rasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki — sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yog’ingarchilik sohilda yiliga 1000 mm, tog’larda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shim.da tog’-o’rmon pod- zol, Markaziy va Jan. hududlarda qo’ng’ir va jigarrang, dare vo-diylarida al- lyuvial tuproklar. Sohilda botqoq er- lar, sho’rxok tuproklar ko’p. Mamlakat Jan. o’simliklari O’rta dengiz atrofi- ga xos, tog’lar makvis chakalakzorlari b-n qoplangan, shim.dagi tog’larda tosh eman va po’kak eman, kashtan, sohilda qarag’ayzorlar uchraydi. Tog’lardagi kat- tagina maydonlar o’tloq. Hayvonot du- nyosi bo’ri, tulki, suvsar, genetta, tipra- tikan, yovvoyi quyon va h.k.lardan iborat. Kemiruvchilar, ko’rshapalaklar, har xil parranda ko’p. Jeresh va RIA Formoza milliy bog’lari, bir necha qo’riqxonalar bor. Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va b.lar ham yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va Mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissa- bon, Portu, Amadora. Tarixi. P. hududida paleolit davri- da manzilgoxlar bo’lgan. Mil. AV. 4-3-a. lardan bu erda luzitanlar yashagan. Mil. AV. 1-a. oxirida Kdd. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati bo’lib qoldi. Mil. 5-a. 1yarmidan svevlar, 6-a. 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713-18 y.larda P. hududini arablar va barbar (Mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamla- kat 1249-50 y.larda arablar istib-do- didan butunlay qutuldi, portugal mil- lati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik o’rni qulay bo’lganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchay- ib, uzga mamlakatlarni bosib ola bosh- ladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500 y.dan Braziliyani egallashga kirish- Di. 16-a.ning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda kata boylikni qo’lga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar) ning chet ellarga ketib qolishi sababli P. iqtisodiyoti tushkunlikka uchray bosh- ladi. 1581-1640 y.larda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-a. boshida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angli- yaga butunlay karam bulib qoldi. 1750 y.dan mamlakatda “ma’rifiy absolyu- tizm” ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777 y.dan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807 y.da Napoleon 1 qo’shinlari P.ni bosib oldi. 1811 y.da frantsuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820 y.gacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820 y. P. inqilo-bidan so’ng islohotlar utkazildi. 1821 y. ta’sis korteslari qabul qilgan Liberal Konstitusiya za- mindorlarning imtiyozlari va inkvizi- tsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, to’qimachilik f-kalari barpo etildi, 1853 y.dat.y. ishga tushirildi. Ammo P. 20-a. boshlarida ham qoloq mam- lakatligicha qolaverdi. 1926 y. 28 mayda hokimiyatni FASHI- stlar egalladi. 1911 y. Konstitusiya- si bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932 y. davlat to’ntarishi bo’lib, A. Di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni ko’lga oldi. 1933 y. “yangi davlat” Konstitusiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashti- rildi. Barcha muxolifat partiyalar FA- oliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. 2-jahon urushida P. betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi P. iqtisodiyotini juda zaiflash- tirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik Kay-fiyati tar- kaldi. 1974 y. 25 apr.da fashizm dikta- turasi barham topdi va hokimiyat gene- ral Di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qo’liga o’tdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bi- Sau, Mozambik, yashil burun o.lari (hoz. Kot-D’Ivuar), San-Tome va prinsipi o.lari va An-golaga mustaqillik beril- Di. 1976 y. qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ijtimoiy va demokra- tik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez o’zgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982 y. noyab.da Konstitusiyaga kiritil- gan o’zgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatda- gi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. P. — 1955 y.dan BMT a’zosi. O’zR suvereni- tetini 1992 y. 16 yanv.da tan oldi va 1992 y. 13 avg.da diplomatiya munosabatlari o’rnatdi. Milliy bayrami — 10 iyun — Portugaliya kuni (1580). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995 y. tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1921 y. asos solingan; sosial-demokratik partiya, 1974 y. tuzilgan; sosialistik partiya, 1973 y. asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederasi- yasi— Milliy intersindikal, 1970 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umu- miy itti-foqi, 1979 y. tuzilgan, xalka- ro erkin kasaba uyushmalari konfedera- tsiyasi tarkibiga kiradi. Xo’jaligi. P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi — 30%, q.x. ulushi — 6% atrofida. Sanoati. 20-a. oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ish- ladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan ko’prog’ini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal sh.dagi z-dda metall eritiladi. Sanoat i.ch. qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga to’g’ri keladi. Kemasozlik, avtomobil yig’uv, velosiped, motosikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, ro’zg’or mashi- nalari, elektrotexnika va radioelektro- Nika asbob-uskunalari i.ch. rivojlan- gan. Kime va neft kimyosi korxonala- rida oltingugurt kislotasi, mineral ug’it, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. To’qimachilik (ip va jun gazlama to’qish), tikuvchilik, ozik,-ovqat (zaytun yog’i, baliq konservalari, vino i.ch.) sanoati azaldan eksport uchun ish- laydi. Tsement, chinni, oyna va sopol i.ch. korxonalari bor. Yiliga o’rtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat Mar- kazlari: Lissabon, Portu, Setubal, bar- reyru, Braga. Qishloq xo’jaligining asosini Dex.qonchilik tashkil etadi. P. hudu- dining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan erlar. 10% bog’va tok-zor, tsitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziq- ovqat ekinlari: bug’doy, Makka-jo’xori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollar- da banan, ananas, shakarqamish etishti- riladi. Chorvachiligida qoramol, cho’chqa, qo’y, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlana- Di. Q.x. aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p orti ning asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo Flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. T.y. uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yo’llari uz. — 70,1 ming km. Lissabonda 1960 y.dan metropolitan ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu. Tashqi savdosi. P. chetga mineral xom ashyo, to’qimachilik va tikuvchilik bu- yumlari, vino, meva, po’kak, qog’oz, oziq- ovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan q.x. mahsulotlari, xom ashyo va yoqilg’i (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, ki- myoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Bri- Taniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, AQSh b-n savdo qiladi. Pul birligi — eskudo. Tibbiy xizmati. Davlatga karashli kasalxonalar b-n birga xususiy shi- foxonalar ham bor. 3 un-tning tib- biyot f-tlarida vrachlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari ko’p. Maorifi, madaniyma’rifiy va il- miy muassasalari. 7 yoshdan 13 yoshgacha o’qish majburiy va bepul. Boshlang’ich maktabi 7 y.lik bo’lib, u 4 y.lik boshlang’ich va 3 y.lik qo’shimcha kursdan iborat. 4 y.lik boshlang’ich maktab negi- ziga tayangan liseylar va shunga o’xshash boshqa o’quv yurtlari o’rta ma’lumot bera- Di. Hunar-texnika ta’limi beruvchi tur- li o’quv yurtlarida o’qish muddati 1 y.dan 5 y.gacha. 8 un-t, oliy pog’ona kollejlari, xarbiy va dengiz maktablari oliy ma’- lumot beradi. Ko-imbradagi un-t (1290 y. asos solingan, xuzurida 5 in-t bor), Lissabon un-ti (1290 y. asos solingan, 1911 y. qayta tiklangan, xuzurida 8 in-t bor), Lissabondagi texnika un-ti (1931 y. asos solingan), Portu sh.dagi un-t (1911 y. asos solingan) ularning eng yiriklaridir. P.da Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy san’at aka- demiyasi (1932), 25 i.t. in-ti, ko’pgina filiallarga ega bo’lgan tabiiy fanlar bo’yicha tadqiqot kengashi (1936 y. Lissa- Bonda tashkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini ishlab chiqish b-n shug’ullanuvchi tadqiqot Mar- kazlari bor. Ped., tarix, geogr., arxeo- logiya, san’atshunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlashtiruvchi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), koim-bra un-ti kutubxonasi va b. Yirik muzeylari: Milliy qad. san’at muzeyi, Milliy zamonaviy san’at mu- zeyi, Xalq san’ati muzeyi, dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, arxeo- logiya, bezak san’ati, harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi ta- biat tarixi muzeyi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va tele- kursa guvi. P.da ko’pgina gaz. va jur.lar nashr etiladi, eng muhimlari: “Dia” (“Kun”, kundalik gaz., 1975 y.dan); “Dia- Riu da Republika” (“Respublika gaze- tasi”, kundalik gaz., 1820 y.dan), “Dia- Riu Notisiash” (“Yangiliklar gazetasi”, kundalik gaz., 1864 y.dan), “Diariu po- pular” (“Xalq gazetasi”, kundalik kechki gaz., 1942 y.dan), “Alavanka” (“pishang”, oylik jur.), “Kapital” (“poytaxt”, kun- dalik kechki gaz., 1968 y.dan), “publiku” (“Jamoatchilik”, kundalik gaz., 1990 y.dan), “Eshpresu” (“Ekspress”, haf- Tanoma, 1974 y.dan). Luza axborot agent- ligi 1987 y.da ilgarigi ikki agentlik: Notisiash Di Portugal va Ajen-Sia No- tisioza Ofisial Portugeza — ANOP- ning qo’shilishi yo’li b-n tuzilgan. P. radioeshittirish davlat kompa-niyasi 1975 y. tuzilgan. P. televidenie-si, AK- tsiyadorlik telekompaniyasi, 1956 y. tash- kil etilgan. Adabiyotiga boy portugal folklori asos bo’lgan, uning 11-a.ga oid namunala- ri bizgacha etib kelgan. 13-15-a. larga mansub risarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-a. bosh- laridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivo- yatlar b-n qo’shib tasvirlandi. 15-a. oxir- laridan Uyg’onish davri adabiyoti may- donga chiqa boshladi. 16-a. o’rtalaridagi iktisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-a. o’rtalaridan adabiyotga ma’rifat-parvar- lik g’oyalari kirib keldi. 19-a.ning 30-y. larida romantizm rivoj topdi. 50-60- y.larda esa zamonaviy mavzularga e’ti- bor kuchaydi. A. Di Kental (1842-91) she’riyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848-1901) pesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-a. P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron bo’ldi. 1926 y. fashizm diktatu- rasi o’rna-tilishi umidsizlik kayfiya- tini kuchay-tirdi. 1974 y. bu diktatura barham top-gach, erkin adabiyotning Vu- judga kelishiga imkon yaratildi. Ilg’or adiblar yangi, demokratik madaniyat bar- po etishda faol katnasha boshladilar. Me’morligi. P. xududida mil. AV. 1-ming yillikning 1yarmidan do- irasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodat- xonasi xaro-balari (mil. AV. 3-2-a.lar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipi- dagi muh-tasham qirol saroylari (7-a.), Arab madaniyatidan Guvalak turar joylar qolgan. 12-14-a.larda ko’pdan-ko’p sha- har soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslu- bi — “manuelino” uchun asos bo’ldi. Is- panlar hukmronligi davri (1581-1640) da qurilish inqirozga uchradi. 17-a. oxi- ri — 18-a. da shaharsozlik rivojlandi, me’morlikda barokko va rokoko ustun bo’ldi (Lissabon yaqinidagi kelush sa- royi, 1747-52, me’mor M. V. Di Oli- Veyra), 19-a.da klassisizm rivojlandi. 20-a. me’morligida eng yangi qurilish ma- teriallari va konstruktsiyalaridan foy- dalanildi. Lissabon va Portu sh.lari rekonstruktsiya qilinib, imoratlarda quyoshni to’suvchi qurilmalar qo’llanildi. Tasviriy san’ati. Paleolit davri- dan qoya rasmlari (Santyagu-du-eshko- ral), neolit davridan dolmenlar, so- Pol idishlar saqlangan. 13— 15-a.larda gotika uslubidagi haykaltaroshlik ri- vojlandi. 15-16-a.lar P. rassomligi niderland san’ati ta’sirida taraq-qiy etdi. 17-18-a.lar san’atida barokko usuli mahobatli haykaltaroshliqsa na- moyon bo’ldi (J. Mashadu Di Kashtru, A. Ferreyra ijodi), 18-19-a. boshlarida- gi rassomlikda so’nggi italyan Barok- ko san’ati an’analari klassisizmning akademik talqini b-n almashdi. 20-a. ning 50-y.larida Neo-realistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va b. ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Fashist Dik- taturasi ag’darib tashlangach, ko’pgina rassomlar demokratik o’zgarishlarga hissa qo’shish ishtiyoqida ijod qila bosh- ladi. Xalq ijodida yog’och o’ymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyum- lar tayyorlash, to’qimachilik, to’r to’qish rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati b-n mushtarak xususiyatlar- ga ega. Qo’shiq va qo’shiq-raqs janrlari ko’proq rivojlangan. Mexnat va maro- sim qo’shikdaridan eng ko’p tarqalgani — fadu (gitara jo’rligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta tsilindrsimon baraban), tambur (kichik baraban), Pan- deyru va adufi (doyra va to’rtburchak sha- klidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham o’z an’a- nalariga ega. Italyan opera san’atining ta’siri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. “San-Karlush” opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), musiqa aka- demiyasi (ko-imbra), munisipal konser- vatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir necha musika jamiyati bor. Teatri. 12-a.da sodda teatr tomosha- lari ko’rsatilgan. 15-a. oxirlarida mil- liy teatr shakllandi, unga dramaturg, aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-a. oxirida Lissabonda dunyo- viy teatrlar paydo bo’ldi. 17-a. katolik reaktsiya kuchayishi teatrni tanaz-Zul- ga uchratdi. 18-a.da ma’rifatparvarlik g’oyalari teatrga samarali ta’sir qildi. 19-a. 20-30-y.larida milliy teatr ri- vojlana boshladi. Lissabonda dramatic san’at konservatoriyasi, milliy teatr tashkil topdi (1846). 20-a. boshlarida te- ATR turli moderni-stik okimlar ta’si- rida bo’ldi. Lissabonda qirolicha Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, ba- diiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvchila- ri asarlari va milliy zamonaviy drama- turglar (K. Ferreyra, A. Redol) pesala- ri sahnalashtirilgan. Etakchi aktyorlari: A. Abranshis, L. Simoinsh, S. Dinij, M. Lalandi va b. Kinosi. 1896 y.dan ayrim kino-fil- mlar suratga olina boshladi. 1909 y. “Portugaliya-film” firmasi tashkil qilindi. 20-y.larda mashhur portugal rej.lari — A. Di Barrush (“dengiz qizi Mariya” badiiy filmi, 1930), M. Di Oliveyra (“doru, daryodagi og’ir mehnat”, 1931, “tentak Anika”, 1942, xujjat- li filmlari) FA-oliyati boshlandi. 60-y.lar oxiridan demokratik yo’nalish qaror topdi. “Ont” (rej. A. Di Mase- du), “do’stlarim” (rej. da Kunya Telish), “Benilde” (1974), “juvonmarg bo’lgan sevgi” (1981 — ikkalasining rej. Oli- Veyra), “nozik taomil” (1976, rej. S. Santos) filmlari yaratildi. Figeyra- da-fosh sh.da xalqaro kinofestivallar utka-zil adi. O’zbekiston — P. munosabatlari. O’zR b-n P. o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning me’yoriy-huquqiy asoslari shakllangan. O’zR Preziden- ti I. Karimovning 1996 y. 2-3 dek. da P.ga rasmiy tashrifi chog’ida havo transport qatnovi va turizm sohasidagi hamkorlik to’g’risida shartnomalar im- zolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdosotikda eng ko’p qulaylik yaratib berish haqida kelishib olindi. 2002 y. O’zR b-n P. o’rtasidagi tovar aylanmasi 9,53 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zR da P. sarmoyasi ishtirokidagi “Osiyo to’qimachilik assosiasiyasi” korxonasi paxta tolasini kayta ishlash va kala- va ipdan mahsulot ishlab chiqarish b-n shug’ullanadi.