Portveyn
Portveyn (nemischa Portwein, Portugaliyadagi Portu shahri nomidan va nemischa wein — vino) — kuchli uzum vinosn. Tarkibida (hajmi bo’yicha) 17-20% spirt, 5-14% qand, 4-6 g/l vino kislotasi bor. Oq, pushti va kizil uzum navlaridan oxirigacha bijg’imagan turp aralash sharbatni yoki yangi ezilgan g’ujumlarni etil spirti bilan spirtlash va muayyan muddat davomida yetiltirish yo’li bilan tayyorlanadi. Portveynning oddiy va markali (3 yildan ortiq saqlab yetiltirilgan) xillari bo’ladi. O’zbekistondagi barcha vinochilik korxonalarida quvvati 18°, qandi 5% bo’lgan “Uzbekistan” Portveyni ishlab chiqariladi. Chet ellarda eng yaxshi Portveyn Portugaliyada tayyorlanadi (Porto Barros, Porto Dalva, Porto Kolxeyto va boshqalar).