POSHLINALAR (BOJ, BOJ PULI)

POSHLINALAR (BOJ, BOJ PULI) – bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o’tiladigan import tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho buyumlardan undiriladigan pul yig’imlari. U bilvosita soliq turi bo’lib, uning mol chiqarish, mol kiritish va mamlakat territoriyasi orqali tashib o’tkazish (tranzit) uchun undiriladigan turlari mavjud. Boj muayyan tovarlar ro’yxati, tovar miqdori, massasi, birligi, shuningdek, tovar bahosi bo’yicha belgilangan bojxona tariflari doirasida undiriladi.