Postulat
Postulat (lot. postulatum – ta- lab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi bo’lgan printsip yoki qoida. P., odatda, biror mulohazaga ko’ra asoslanadi, ana shu asoslash uning kabul qilinishiga sabab bo’ladi. P. tushunchasi aksioma tu- shunchasining sinonimi sifatida ham qo’llaniladi. P. tushunchasi qanday hollarda qo’lla- nilishiga qarab turlicha ma’noni bil- diradi. Mas, birinchi marta geomet-riya- ning izchil aksiomatik bayonini yaratgan Evklid aksiomalar deb isbotsiz qabul qilingan sof mantiqiy (no-geometrik) qoidalarni (mas, kiem bu-tundan kichik), P. deb esa ba’zi geometrik yasashlarning mumkinligini tasdiqlovchi da’volar- ni tushungan. Gilbert aksiomatikasi- da esa Evklidning mashhur V (parallel chiziqlar haqidagi) postulati “paral- lellik AK-siomasi” deb nomlangan.