Poyga

Poyga — 1) ot sporti turi; chopqir otlarni sinash. Angliyada 17-a.dan uyush- tirila boshlagan. Markaziy Osiyo, jum- ladan, O’zbekistonda P. qadimdan ma’- lum. P.da qatnashuvchi chavandozlar sig- nal berilishi b-n belgilangan Mar-raga qarab ot qo’yganlar, g’olib chiqqan chavan- doz sovrin b-n mukofotlangan. P., aso- san, katta bayramlar, sayllar, to’ylarda o’tkazilgan. Odatda, tekis joylarda uyushtirilib, atrofdagi qir-adirlarga rang-barang alvonlar b-n bezatilgan o’tov va chodirlar tikilgan, turli taom- lar pishirilgan. P.da ko’pincha, bolalik- dan ot minishga o’rga-tilgan o’smirlar qatnashgan. P.ning bir necha turi bor: tekis P. (tekis joylarda, ko’pincha Otchopar yo’lkalarida 1000-4000 m masofaga); to’siqli P. (5-9 ta engil to’siqlardan iborat yo’lkalarda 2000-3000 m ma- sofaga); murakkab to’siqlardan sakrash (stipl-Cheyz, 4000— 7000 m masofaga); Kross (past-baland joylarda 3000— 8000 m masofaga); otda ov qilish (tur- li hayvonlarni ov iti b-n quvish); 2) bir necha sportchilar ishtirokida turli transport vositalari b-n o’tkaziladigan musobaqa. Mac, avtomobil, Moto-tsikl, velosiped P.lari.