POYONOV ABDUNAZAR

POYONOV ABDUNAZAR (1949, Qiziriq tumani) — O’zbekiston xalq baxshisi (2003). Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Termiz pedagogika institutini tugatgan (1973). Qiziriq tumani umumta’lim maktabi o’qituvchisi (1973 yildan). Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, umir baxshilardan o’zlashtirgan. Repertuaridan “Alpomish”, “Malika ayyor”, “Sherali” va boshqa dostonlar, do’mbira kuylari, shuningdek, xalq (“Do’mbiram”, “nima aytay”‘ va boshqalar) hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o’zi ijod qilgan termalar o’rin olgan. Xalqaro (Qozog’iston, 1997; Termiz, 1999) va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari laureati.