Pozisiya

Pozisiya (harbiyda) — harbiy qismlar egallagan yoki ularning joy- lashishi uchun tayyorlangan maxsus o’rin. P. muhandislik jihatidan pux- ta Ji-hozlanadi va eshelonlashtiril- gan mudofaa doirasining asosiy qismi hisoblanadi. P.ning asosini mudofa- adagi qism yoki bo’linmalarning o’zaro yagona o’t ochish tizimi b-n birlashti- rilgan tayanch nuqtalar (punktlar) tash- kil etadi. Har bir P. okoplar, pana joylar, aloqa yo’llarini tutashtiruv- chi transheyalar b-n o’raladi. Bunday mu-handislik jihoz shaxsiy tarkib, qurolyarog’, o’qdorilarning yashirin joy- lashishiga imkon yaratadi va P.da harbiy kuchlarning manyovr qilishiga yaxshi ko’mak ko’rsatadi. Muayyan vari-antlarda mudofaa doirasi ichkarisida oraliq P. qurilishi ham ehtimoldan xoli emas. Dushmanni chalg’itish maqsa-dida mu- xim yo’nalishlarda mudofaa chi-zig’idan ancha oldinda P. barpo etiladi. Bundan tashqari, mudofaa ichkarisida soxta P. qurilishi, bo’linma va o’t ochish vositala- rining jang vaktidagi hara-katlari uchun qo’shimcha yoki muvaqqat P. ham tashkil etilishi mumkin. Yalpi hujumga o’tish oddidan boshlang’ich erlarda motorlash- tirilgan piyoda bo’linmalar va tanklar uchun kutish P.si, raketa qo’shinlarining uchirish qurilmalari uchun start P.si, artilleriya, minomyot va h.k. o’t sochish qurollari uchun o’t ochish P.si barpo eti- ladi.