Prekos
Prekos (Frans. rgesose — erta, tez etiladigan) — go’sht-jun yo’nalishidagi mayin junli qo’y zoti. 19-a. o’rtalarida Frantsiyada rambule merinos qo’ylarini Angliyaning go’shtdor Leyster zotli quchqorlari b-n chatishtirib chikaril- gan. P. zotida go’shtdorlik, tez etilish, yuqori sifatli jun berish xusu-siyatla- ri yaxshi uyg’unlashgan. Jussasi yirik, bo’yin va tanasida teri burmalari yo’q. Qo’chqorlarining og’irligi 110-115 kg (150 kg gacha), sovliklari-niki 58-62 kg. Qo’chqorlaridan 8-10 kg (14 kg gacha), sovliklaridan 3,8—4,2 kg (10 kg gacha) jun olinadi. Junining uz. 8-9 sm, to- lasining ingichkalik sifa-ti 60-64, toza jun chiqimi 45-50%. Pushtdorligi 125-135% (100 sovlik,dan 130-150 ta- gacha qo’zi olinadi). P. qo’ylari tez etiladi, boqish va saqlash sharoitlariga talabchan. Lekin qur-g’oqchilik mintaqalarida urchitib ko’paytirishga moslashmagan. P. G’arbiy va Sharqiy Evropa, shim. Afrika mamla- katlarida keng tarqalgan. Rossiya, Ukrai- na, Belorussiyaning ayrim viloyatlarida- gi naelchilik qo’ychilik xo’jaliklarida eng sara suruvlari bor. P. kuy zoti ish- tirokida 12 dan ortiq yangi qo’y zotlari (qozoq, qirg’iz mayin junli qo’ylari, qozoq arxar merinosi, dege-ress va Oloy qo’y zotlari) yaratilgan (yana q. Mayin junli ko’ylar).