Prelyudiya
Prelyudiya, Prelyud (lot. Praeludo — oldindan ijro etib ko’raman) — cholgu pesa. Dastlab musika asari ol-didan (lyutnya, klavesin yoki organda) ijro etiladigan badiha xarakteridagi kichik muqaddima. 18-a.dan erkin shak- ldagi mustaqil pesaga aylandi (mas, I.S.Baxning organ uchun P.lari), shu- ningdek, turkumli shakldagi ba’zi cholg’u asarlar (syuita, P.-fuga) tarkibiga mu- kaddima pesa sifatida kiritildi. 19-a. dan ko’pincha P. yoki P. va fuga turkumla- riga (odatda, 24 tadan) birlashtiriladi (mas, F.Shopen, A. Skryabin, K. Debyussi, D. Shostakovich va b.). O’zbekiston kompo- zitorlaridan g. Mushel, B. Gienko va b. fortepiano uchun P.lar yaratgan.