PRETSEDENT

PRETSEDENT (lot. praecedens – oldingi, oldinda ketuvchi) — o’tmishda bo’lib o’tgan va hozirgi vaqtda ana shunday harakatlar qilish uchun namuna yoki asos bo’lib xizmat qiluvchi hol, ish, voqea. Masalan, sudning biror murakkab ish yuzasidan qarori sud Pretsedent bo’lib xizmat qilishi mumkin; keyin shunga o’xshash ishlarni ko’rayotganda ana shu qarorga amal qilinadi.