PREZIDENTLIK BOSHQARUVI
PREZIDENTLIK BOSHQARUVI -favqulodda holatlar joriy etilgan- da davlat boshqaruvida qo’llaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, aso- san, Federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas, AQSh, Hindiston)da qo’llaniladi. Sub’ektlar federal kon- stitusiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar ro’y berganda, federa- TIV davlatning yagonaligiga xavf solin- ganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va sh.k.da amalga oshiriladi. P.b. davlat boshlig’ining maxsus farmoni (dekreti) b-n e’lon qilinadi. P.b. paytida tegish- li davlat hokimiyati va boshqaruv organ- lari vakolatlari to’xtatiladi, ularning vazifasini bajarish prezident tuzadi- gan organ yoki prezident tayinlagan man- sabdor shaxs zimmasiga yuklanadi.