Prolongatsiya

Prolongatsiya (lotincha prolongatio) — zayom, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish. Prolongatsiya kelishuvlar, sud qarorlari, davlat hokimiyati aktlarida o’z aksini topadi. Iqtisodiy harakatlar, huquqiy sohalarda keng qo’llaniladi. Prolongatsiya, asosan, vaqtinchalik kuchga ega va u asosiy hujjatlardagidek amal qilish huquqini ta’minlaydi. Tadbirkorlikni kengaytirishda iqtisodiy aloqalarning uzilib qolmasligini ta’minlash Prolongatsiyadan keng foydalanishni taqozo etadi.