Prometiy
Prometiy (Prometium), Pm — Mendeleev davriy sistemasining III guru-higa mansub radioaktiv kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 61, eng uzok, mavjud bo’luvchi izo- topining massa soni 145. Suyuklanish t-rasi 1080°, zichligi 7,26 g/sm3. 16 ta izotopi ma’lum. P. tabiiy sharo-itda to- pilmagan, yadro reaktsiyalarida olinadi. Ilk bor 1947 y.da amerikalik olimlar J. Marinskiy va L. Glen-denin boshqa elementlarning radioaktiv izotoplari aralashmasidan bir necha mg|47rt izo- topini ajratib olganlar. P. afsonaviy Bahodir Prometey nomi b-n atalgan. Ki- myoviy xossalariga ko’ra neodimga yaqin. Birikmalarida 3 valentli. Oksidlari bor. Atom bombasi portlaganda hosil bo’ladigan l47Pm uzoq mavjud bo’luvchi (T1/2=2,7 y.) radioaktiv zaharli mod- da. P.ning oksidi Rt2o3, sariq rang- li xloridi PmCIj, qizg’ish rangli ni- trati Pm(NO3)3, shuningdek, oksalati RT2(S2O4)3-10N2O sof holda olin- gan. Erimaydigan gidroksidi rt(on)3 och-jigarrang jelatinasimon qoldiq. 247Rt — katta amaliy ahamiyatga ega. Bu izotopning r – parchalanishi u – nur- lanish (yuqori dara-jada kirishuvchan) natijasida ro’y bermaydi. Shu sababli 247Rt b-n ishlaganda himoya ekrani zarur emas. 247Rt lyuminoforlar tayyorlashda, davomli ta’sir etuvchi nur manbalari hosil qilishda qo’llanadi, radioizotop qalinlik o’lchagichlarda ishlatiladi. 247Pm asosida bir necha yil ishlaydigan mitti atom batareyalari yasash mumkin.