Proportsiya

Proportsiya (lot. proportio — mu- nosabat), mutanosib — 1) matematikada — a, Ь, s, d to’rt kattalikning ikki nis- bati orasidagi tenglik: a:b=c:d. Bunda a, Ь, s, d — P. hadlari; a va d — chetki, b va s — o’rta hadlar deyiladi. P.ning asosiy xossasi: o’rta hadlari ko’paytmasi chetki hadlar ko’paytmasiga teng bc=ad. Bu aso- siy xossasi orqali P.ning to’g’riligi tekshiriladi va uning biror hadini boshqa hadlar orqali ifodalash mumkin; karrali va butun sonli nisbatli P.dan tashqari, irrasional nisbatlarga kela- digan mutanosiblashtirish sistemala- ri keng tarkalgan (mas, oltin kesim); 2) san’at va me’morlikda — badiiy asar yoki bino (inshoot) elementlarining bir-biriga nisbatan uyg’unligi; 3) keng ma’noda — qismlarning o’lchamlarining o’zaro nisbati, umuman, narsalar o’rtasidagi miqdoriy munosabat.