Protagor (Protagoras) Abderalik

Protagor (Protagoras) Abderalik (mil. AV. taxm. 480-410) — yunon fay- lasufi, sofistlarning mashhur vakili. Asarlari bizgacha etib kelmagan. U tala- balarga falsafa, notiklik va bahs san’- atidan saboq bergan. P. falsafa-sining asosiy qoidasi “inson barcha mavjud bo’lgan va mavjud bo’lmagan narsalarning mezonidir” degan tezisda o’z ifodasini topgan. Uning fikricha, barcha narsa nis- biydir. P. o’zini “sofistlar va odamlar- ning ustozi” deb atagan. U xudolarning mavjudligini ham, mavjud emasligini ham bilib bo’lmay-Di, deb hisoblagan. P. “Xudolar haqida” kitobi uchun daxriy- likda ayblangan, asari yoqib yuborilgan, o’zi Afinadan badarg’a qilingan. Jan. Italiyadan Si-tsiliyaga ketayotib, Mes- sina bo’g’ozida suvga cho’kib halok bo’lgan. Platon unga bag’ishlab “Protagor” asa- rini yozgan.