Proteinlar

Proteinlar, oddiy oqsillar — molekulalari aminokislotalar qoldig’idan tuzilgan (bir-biri bilan, asosan, amin va karboksil guruxlari orqali birikkan) moddalar. Suvda va tuzli eritmalarda eruvchanligiga ko’ra, Proteinlarga tegishli oqsillar 7 xilga ajratiladi: albulinlar, globulinlar, glutaminlar, gistonlar, prolaminlar, protaminlar, skleroproteinlar. Pepsin, tripsin, ximotripsin, papain kabi proteolitik fermentlar ham Proteinlarga taalluqli. Proteinlar termini, ko’pincha, oqsillar Sinonimi sifatida qo’llanadi.