Proteylar

Proteylar (Proteidae) — dumli amfibiyalar oilasi. Uzunligi 16-40 santimetr. Gavdasi cho’ziq, dumi uzun, eshkaksimon, suzgich burmalari bor. Oyoqlari kuchsiz rivojlangan, oldingi oyoqlarida 3 tadan, keyingisida 2 tadan barmog’i bor. Tashqi jabralari 3 juft. Proteylar uchun neoteniya xos, metamorfoz xususiyatini yo’qotgan. 2 urug’i, 2 turi (boshqa ma’lumotlarda 5 turi) G’arbiy Yevropa, shimoliy Amerikada tarqalgan. Yevropa Proteylar g’or suvlarida uchraydi; ko’zi reduktsiyaga uchragan, terisi pigmentsizlashgan, och qizg’ish; tirik tug’adi. Amerika Proteylarining 4 kenja turi ma’lum. Ichki urug’lanadi. Bir nechta tuxum qo’yadi.