Protistologiya

Protistologiya (Yunoncha Protistos — eng birinchi va … logiya) — biologiyaning bir hujayrali organizmlar — Protistlarni o’rganadigan bo’limi. “Protistlar” terminini 1866 yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan va ko’p hujayrali o’simliklar va hayvonlar bilan bir qatorda bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, bir hujayrali suv-o’tlar va tuban zamburug’larni o’z ichiga olgan Protistlar dunyosini taklif etgan. Hozir ayrim olimlar protistlar dunyosiga faqat eukariot organizmlar: eng sodda hayvonlar, ayrim Suvo’tlar va zamburug’larni kiritishadi. Boshqa bir guruh olimlar protistlar dunyosiga yadroli barcha suvo’tlar va tuban zamburug’larni ham kiritishni taklif etishadi. “Protistologiya” termini ba’zan protozoologiya sinonimi sifatida ham qo’llanadi.