Protorenessans
Protorenessans (Yun. pro-tos – bi-rinchi, Frans. Renaissance — uyg’onish) — Uyg’onish davri san’atiga zamin yaratgan Italiya madaniyatining ilk bosqichi (13-14-a. boshlari). “P.» atamasi shveytsariyalik tarixchi ya. Burk- xard tomonidan ilk bor qo’llanilgan. P. erkin shaharlarning jadal rivojlanib kengayishi, ishlab chikaruvchi kuchlar va savdosotiqning o’sishi b-n bog’liq. Sa- noat va madaniyat gurkirab taraqqiy eta boshladi, dunyoviy fanlarga qiziqish va antik merosga e’ti-bor ortdi. Bu o’zgarishlar Florentsiya, Piza, Siena, Ge- nuya, Milanda, ayniqsa, Venesiyada juda sezilarli bo’ldi. Yangi davr san’atining ilk belgilari adabiyot (Dante, Petrar- ka, Bokachcho), me’morlik (Arnolfo Di Kambio va b.), xaykaltaroshlik (N. Pi- zano va b.), rassomlik (P. Kavallini, Jotto) san’a-tida namoyon bo’la boshla- Di. Jumladan, Kavallini gotika shak- llariga xotir-jamlik va muvozanat ki- Ritsa, Jotto Di-niy mavzularni hayotiy aks ettira boshladi, fazoviy kenglikni o’zlashtirib tasvirlanuvchilarning sa- lobatli va ulug’vor qiyofalarini yaratdi, insoniy munosabatlar — xudbinlik va olijanoblikni ishonarli aks ettir- Di (Jottoning Paduyadagi del Arena kapellasiga ishlagan devoriy rasmi, 1303-1305).