Pulsarlar
Pulsarlar [ing. pulsars, Pulsating Sources of Radioemission (radionurla- nishlarning pulelanuvchi manbalari) so’zlarining qisqartmasidan] — davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik ob’ektlar. P. nurlanishi 10 sm dan 10 m gacha kuzatiladi, uning Maksi- mumi metrli radiodiapazonga to’g’ri ke- ladi. Birinchi P. 1967 y.da ingliz radio- astronomlari tomonidan kashf etilgan. Hoz. kungacha 100 dan ortiq P. topilgan. Bu P.ning Pulsa-tsiyalanish davri 0,033 dan 3,75 sekundgacha bo’lgan oraliqda so- dir bo’ladi. P. davri asta-sekin ortadi. Davrning ikki marta ortishi uchun keta- digan vaqt million va bir necha o’n milli- on yil-ga, ya’ni P. yoshiga barobar vaqtga teng bo’ladi. Mac, Qisqichbaqasimon tu- manlik ichidagi P.ning davri 2400 y.da, “Elkanlar” yulduz turkumida chaknagan o’ta yangi yulduz markazidagi P.niki 24 ming yilda ikki martagacha uzoklashadi. Bu P. eng yosh hisoblanadi va davri eng qisqa, chunki ular atrofida gaz qobig’i kuzatiladi. Uzun davrli P. keksa sana- ladi, ular atrofidagi gaz qobig’i fazoga sochilib ketgan. Yosh P.da davrni sakrab kamayishi kuzatiladi. P. nurlanishining alohida impuls lar tarzida kuzatilishi tez aylanayotgan va projektor singari yo’naltirilgan nurlanish sochayotgan yulduzlar bo’lsa ke- rak, degan xulosaga olib keladi. Ketma- ket impulelar oralig’i yulduzning ay- lanish davriga teng. Kichik davr b-n ay- lanuvchi yulduzning o’zi ham juda kichik (radiusi bir necha km) bo’lishi kerak. Bunday yulduz o’ta yangi yulduzning chaq- nashi natijasida hosil bo’lgan neytron yulduz bo’lishi mumkin. P. orasida rent- gen nurlanishi pulsasiyalanuvchilari ham bor. Bunday P. rentgen P. deb atala- Di va ular zich qo’shaloq yulduz tizimiga kiruvchi neytron yudduzga qo’shni yudduz- dan oqib tushayotgan modda energiyasi XI- sobiga rentgen nurlanish sochadi.