Pushta

Pushta — ikki egat (jo’yak), ariq orasida ekinlarning bargnovdalari o’sishi, palak otishi uchun bo’sh qoldiriladigan marzasimon joy, tuproqning qiyalab tekislangan sathi. Qishloq xo’jalik ekinlari ekishda Pushta marzaolgich yoki tirkama kultivatorlarda, kichik maydonlarda ketmon bilan olinadi. Ekin turi va qator oralari kengligiga ko’ra, Pushta turli balandlikda (10 dan 40 santimetrgacha) va kenglikda (g’o’zada 60-90 santimetr, pomidorda 140-210 santimiter, qovun, qovoq kabi poliz ekinlarida 2-4 metrgacha) bo’lishi mumkin. Dalaning Pushtali sathida tuproq harorati 1,0—3,0° yuqoriroq bo’ladi, bu esa ekilgan urug’larning barvaqt va tekis undirib olishga yordam beradi.