Qaffol Shoshiy
Qaffol Shoshiy (to’liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiy alkabir; 903-976) — shofi’iylik mazhabining etakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Manbalarga ko’ra, u og’irligi 0,5 gramm keladigan jajji qulfkalit yasagani uchun “Qaffol” (“qulfchi”) laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom alkabir (“ulug’Imom”) deb ta’riflangan. Shosh (Toshkent)da hunarmand oilada tug’iddi. Samarqand, Buxoro, Termiz shahrilarida bo’lib, o’zidan avval o’tgan allomalar merosi bilan tanishdi. Taniqli muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulayb qo’lida ta’lim oldi. Arab Sharqi mamlakatlari bo’ylab uzoq safarda bo’ldi, ancha vaqt Bag’dodda yashadi. Mashhur Imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn assurayjiy (850-918) ning shogirdi bo’lgan. Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofi’iylik mazhabini targ’ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qo’shdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid “qozining fe’l-atvori”, “Odob albahs” (“bahs odobi”), “Husni jadal” (“dialektika go’zalligi”) kabi asarlari Islom olamida mashhur bo’lgan. Qaffol Shoshiy she’rlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin assubkiyning “Tabaqot ashshofi’iya” (“shofi’iylik mazhabi darajalari”) kitobi orqali saqlanib qolgan. Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Ad.: Ma’naviyat yulduzlari, T., 2001; To’lqin Hayit, Qaffol Shoshiy, T., 2004.