Qahhorova Mo’tabarxon

Qahhorova Mo’tabarxon (1949.14.4, Namangan tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1972). Qahhorova Namangan tumanidagi 35-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi (1972-93 va 2001— 03), o’quv bo’limi mudiri (1993-98), direktor o’rinbosari (1998-2001).