Qalandariy

Qalandariy — Shashmaqomda Dugoh maqomining Mo’g’ulcha sho”basi shoxobchalaridan; Mo’g’ulchai Dugoh Talqinchasining ma’lum varianti, chapandoz doira usulida ijro etiladi. Uning tarkibida daromad, miyonxat, Muxayyari Chorgoh namudi va tushirim qismlari mavjud. Ufar doira usulidagi qisqa varianti Farg’ona vodiysida xotin-qizlar tomonidan sevib kuylanadi. Qalandariyning turli variantlari bor: “Q1”, “q.2” va boshqalar ularning kuy-ohanglaridan bastakor va kompozitorlar ijodida keng foydalanilgan. Muqimiyning “Soyayi”, Koriyning “ajab bir nozanin” so’zlari bilan boshlanadigan g’azallari Qalandariy yo’llarida aytiladi. T.Jalilov “Tohir va Zuhra” musiqali drama va operasida q chapandozidan ariya sifatida foydalangan. Yu.Rajabiy “Q1” avjiga Zebo pari avjini kiritib, ashula mazmunini yanada teranlashishiga erishgan. Qalandariy yo’llari cholg’u kuylar sifatida ham mashhur.