Qalay rudalari

Qalay rudalari – tarkibida qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda qalay bo`lgan mineral birikmalar. Asosiy minerallari: kassiterit – qalaytosh (tarkibida 78,8% gacha qalay bo`ladi), stannin-qalay kolchedani (tarkibida 27,5% gacha qalay bor). Qalayli mineral juda ko`p; 1-2% va undan ortiq qalay bo`lganlari qazib chiqariladi. Biroq, tarkibida foizning 1/10, hatto 1/100 ulushi miqdorida qalay bo`lgan konlarni qazib chiqarish ham rentabel hisoblanadi. Qalay rudalari boyitiladi. Qalay bilan mis qotishmasi (bronza) qadimdan ma’lum. Qalay oksidlanmaydi. Qalay qalaylash va qotishmalar (jumladan bosmaxona harflari) uchun ishlatiladi. Konlari: Uzoq Sharq, Zabaykale, Qozog`iston, XXR, Malayziya, Indoneziya, Tayland, Boliviya, Nigeriya va b.