Qalay rudalari
Qalay rudalari — tarkibidagi qalay miqdori va birikmalari undan qalayni ajratib olishga texnik imkoniyat etarli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Sanoat ahamiyatidagi Qalay rudalarining ko’p qismi (85%) asosiy minerali bo’lgan kassiterit (8p 78,8% gacha) va stannin (27,5% 8p) dan iborat. Stanninni boyitish va undan 8p ajratib olish qiyin bo’lgani uchun undan kam foydalaniladi. Qalayning kaltsiyli borati — nordensheldin (43,5% Zp) ba’zida sanoat ahamiyatiga ega bo’lishi mumkin. Qalay rudalari ko’pincha jamlanma xom ashyo bo’lib, tarkibida \u, ve, GL, ta yoki Si, R, 2p, A§ uchraydi. Hosil bo’lish sharoitiga qarab Qalay rudalari endogen (tub) va ekzogen (sochma) konlarga bo’linadi. Alyumosilikat tarkibli jinslarda shakllangan Qalay rudalarining tub konlari genezisi va mineral tarkibiga ko’ra pegmatit, kassiteritkvars va kassiteritsulfid formasiyalariga bo’linadi. Pegmatit formasiyali konlar genetik jihatdan nordon granitlar bilan bog’liq. Bunday konlarda kassiteritning yirik kristallari notekis to’plangan yoki ayrim aralashmalar holida bo’ladi. Bunday konlar sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lmaydi, ba’zan ko’p tarkibli xom ashyoning manbasi bo’lishi mumkin. Kassiteritkvars formasiyali konlar yuqori temperaturali gidrotermal hosilalarga mansub bo’lib, nordon va o’ta nordon granit magmalari intruziyalari bilan genetik jihatdan bog’liq. Bu formatsiya konlarida yirik kassiteritlar bo’ladi (8 dan tashqari, \U, ta, ve va boshqalar uchraydi). Qalay olinadigan asosiy manbalardan biri kassiteritsulfid formasiyali konlar, ular kichik nordon intruziyalar rivoj- langan, ba’zan esa, vulkan formasiyalari bilan bog’liq rayonlarda mavjud. Qalay rudalarining endogen konlari orasida mineral tarkibi, texnologik xususiyatlari, amaliy ahamiyati bo’yicha: kassiteritgreyzenli, kassiteritkvarsli, kassiteritskarnli, kassiteritsilikatli, kassiterit-sulfatuzlisulfidli sanoat tiplari farqlanadi. Qalay rudalari ekzogen konlari sochmalardan iborat. Ular orasida elyuviy, delyuviy, allyuviy, dengiz va ko’l qirg’oqbo’yi sochmalari mavjud bo’lib, ular kassiterit kristallari va agregatlari qo’shilgan qum, qumtuproq va shag’al materiallari va yo’ldosh minerallardan tashkil topgan. Qalay rudalari turli sanoat tipidagi konlarda ruda jismlari oddiy va murakkab tomirlar, ba’zan shtokverklardan iborat. Ularning o’lchami va shakli keng ko’lamda o’zgarib turadi. Sochmalar qalinligi va shakli o’zgaruvchan bo’lgan gorizontal yotgan qatlamlarni tashkil qiladi. Qalay rudalarining sochma konlari pegmatit va kassiteritkvars formasiyalari konlarining nurashidan hosil bo’ladi. Dunyo buyicha Qalay rudalari zaxiralarining 70% sochma konlarga to’g’ri keladi. Asosiy resurslari Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari — Malayziya, Indoneziya, Tailand, Laos, Myanma hamda Boliviya, Braziliya, Avstraliya Ittifoqi, Nigeriya, Buyuk Britaniyada mavjud.