Qalay sulfidlari
Qalay sulfidlari — qalayning oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari. Qalay monosulfid, — qoramtir-jigarrang kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 881°, zichligi 5,08 g/sm3 (a8p). 2 ta shakl o’zgarishi mavjud: a va r\ a—>r o’tish temperaturasi 605°. Suvda, suyultirilgan mineral kislotalar va kontsentrlangan xlorid kislotada erimaydi, kontsentrlangan Ngto3, N2804, ng’ va zar suvit eriydi. Havoda asta-sekin 8p08 va 8p02 gacha oksidlanadi. Tabiatda 8p8 — kamyob uchraydigan gersenbergid minerali. Qalay disulfid, 8p82 — sariq kristall modda. Suvda, suyultirilgan mineral kislotalarda erimaydi, kontsentrlangan kislotalarda, ishqorlar va ammoniy sulfidda yaxshi eriydi. 4 valentli qalay tuzlariga vodorod sulfide ta’sir etishidan hosil bo’ladi. Kukun holidagi qalay va oltingugurt aralashmasini (ammoniy xlorid ishtirokida) qizdirilganda hosil bo’ladigan oltin rang — sariq tusli 8p82 “oltin hal” deb ataladi. Uni yog’och gipsdan yasalgan buyumlarni bo’yash uchun ishlatiladi.