Qaldiroq simob
Qaldiroq simob, simob1 fulminat, N$ (S1MO)., — portlovchi modda, rangsiz yoki kulrang kristallar; zichligi 4,3 g/sm3. Molekulyar modda 284,74. Monokristallarning zichligi 4,42 g/sm3. Suvda oz (15,5°da massasiga ko’ra 0,01%), etanol, piridin va monoetanolaminda yaxshiroq eriydi. Juda xavfli, sal turtki, ishqalanish, alanga, qizigan jism va boshqalar ta’sirida portlaydi. 179— 180°da o’z-o’zidan alangalanib portlaydi. Namlanganda issiqqa va mexanik ta’sirlarga sezgirligi pasayganligi uchun suv qatlami ostida saqlanadi. Nam holda Qaldiroq simob alyuminiy bilan shiddatli, mis bilan asta-sekin reaktsiyaga kirishadi. Shu sababli Qaldiroq simobning alyuminiy bilan tutashishiga yo’l qo’yilmaydi. Simob (P) nitratning nitrat kislotadagi eritmasiga etil spirt ta’sir ettirib olinadi. Portlovchi moddalarni inisirlovchi sifatida detonator kapsulalari va alangalanuvchi kapsulalarda ishlatiladi. Qaldiroq simobni ingliz kimyogari E.Xouard 1799 yilda kashf etgan.