Qalqon

Qalqon-jangchilarning tanasini tig’li qurollar zarbidan himoya qiluvchi moslama. Eng qadimgi qalqonlar yog’och, to’qilgan chiviq, qo’ga, teri, keyinchalik esa bronza va temirdan yasalgan. Qalqon shakli va katta-kichikligi jihatidan turli xalqlarda turlicha bo’lgan. XVI-XVII asrlarga kelib, o’tochar qurollarning takomillashuvi bilan qalqon o’z ahamiyatini yo’qotdi.