Qamar rais
Qamar rais (taxallusi; asl nomi Musahib Ali Xon) (1932.12.7, Uttar Pradesh shtati Shohjahonpur shahri) — hind adabiyotshunosi, tarjimon, tanqidchi, jamoat arbobi. Agra universiteti bakalavri (1952), Lakhnau universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). Nagpur universitetida urdu tili magistri (1959). Dehli universitetining urdu bo’limida katta o’qituvchi (1959-68), dotsent (1968), urdu bo’limi mudiri (1976— 79), professor (1983-97). Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazining direktori (1997— 2004). Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar utoshmasi bosh kotibi (1973). Tadqiqot va nashriyot qo’mitasi, Dehli Urdu akademiyasi raisi (1987). Aini paytda Hindiston — O’zbekiston do’stlik jamiyati raisi. Asosiy ilmiy ishi — Premchand asarlarini tanqidiy o’rganish mavzusida. Qamar rais “Premchand ijodini tanqidiy tadqiq etish” (1959), “Premchand yozgan badiiytanqidiy maqolalar” (1960), “urdu drama” (1961), “Toshkentga armug’on” (1968, G’.G’ulomning she’rlari tarjimasi), “O’zbekiston shoirlari” (1973, 2 j.li), “tarjima san’atiga oid maqolalar” (1976), “ozodlikdan keyin Dehlida urdu hikoyanavisligi” (1990), “O’zbekiston va Alisher Navoiy” (1994), “O’zbekiston evrilishlar silsilasida” (inqilobdan inqilobgacha) (1997, Samarqand) va boshqalar ilmiytanqidiy asarlar muallifi. O’zbekiston ba San’atshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti faxriy Doktori (2001). “Zahiriddin Muhammad Bobur: shaxsiyati va she’riyati” kitobi uchun Bobur nomidagi xalqaro jamg’armaning Bobur mukofoti laureati (2004).