Qandli ekinlar, shirador ekinlar
Qandli ekinlar, shirador ekinlar — poyasi, ildizmevalari, mevalari va urug’larida qand moddasi (asosan saxaroza) to’playdigan va sanoatda qand olish uchun ekiladigan o’simliklar. Shakarqamish, qand lavlagi (1 gektar maydondan 100 tsentnergacha qand olish mumkin), shirin jo’xori, makkajo’xori, topshambur, shirin palma va boshqalar ko’p miqdorda qand moddasi to’plovchi ekinlardir. Bundan tashqari, tarvuz, qovun (tarki- bida 14— 16% saxaroza bor), steviya o’simligidan ham qand olinadi.