“Qarorlar shajarasi”

“Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish texnologiyasi”) metodi-muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o’zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to’g’risini topishga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasi.