Qarqunoqlar
Qarqunoqlar — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uzunligi 16-36 santimetr. Tumshug’i ikki yondan siqilgan, uchi yirtqich qushlarniki singari ilmoqqa o’xshash qayrilgan. Dumi uzun, ingichka. 12 urug’i, 72 turi ma’lum. Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Butalar va siyrak daraxtlar o’sadigan joylarda, yalangliklarda yashaydi. Hasharotlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqdanadi. Boshqa qushlarning ovoziga taqlid qila oladi. Daraxt va butalarga uya quradi. Ayrim turlari o’z o’ljasini mayda butoqlarga qadab qo’yib, oziq g’amlaydi. O’zbekistonda Qarqunoqlarning 4 turi tarqalgan. Qora peshona Qarqunoqlar (Ь. gshpog) tog’ etaklarida, uzun dumli Qarqunoqlar (Ь. 8spasp) Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryoning o’rta oqimi va Sirdaryoning yuqori oqimida; olato’ng’iz (Ь. sshshiz) va kulrang, ya’ni katta Qarqunoqlar qushlar uchib o’tishi davrida uchraydi. Zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi.