Qarshi shahri haqida eshitganmisiz?

Qarshi shahri haqida eshitganmisiz? – Qashqadaryo oblastining markazi. Qarshi O’zbekistonning eng ko’hna shaharlaridan biri. U grek-baqtriya madaniyati davridan beri mavjud. Shahar XIV asrgacha Naxshab deb atalgan. Arablar mahalliy nomini buzib Nasaf deb ishlagan bo’lsa kerak. Hozirgi Qarshi XIV asrning birinchi yarmida voha o’rtasida Samarqand, Buxoro, Afg’oniston, Hindiston va Sharqdagi boshqa qo’shni mamlakatlardan keladigan yo’llar ustida paydo bo’lgan. Uni Chig’atoy xoni Kepakxon Qashqadaryo vodiysiga o’rnashgach, eski Naxshabdan ikki farsax narida o’ziga saroy qurib, uni Qarshi deb atadi. Qarshi – “Shoh qal’asi” degan ma’noni bildiradi.

Leave a Reply